O‘ZBEK VA BOSHQA TILLARDA TO‘Y LEKSIKASINING STILISTIK XUSUSIYATLARI VA FUNKSIONAL-USLUBIY TABIATI




O‘ZBEK VA BOSHQA TILLARDA TO‘Y LEKSIKASINING STILISTIK XUSUSIYATLARI VA FUNKSIONAL-USLUBIY TABIATI


Mualliflar:
Uzakova Lola Anvarovna


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘zbek, ingliz, nemis, fransuz va ispan tillaridagi to‘y leksikasining stilistik xususiyatlari hamda funksional-uslubiy tabiati tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarjima stilistikasidagi “uslub tadqiqi” va “stilistik tahlil” yondashuvlari, shuningdek, badiiy va poetik leksikaning kundalik tildan farqlanishi borasidagi qarashlar ko‘rib chiqiladi. To‘y leksikasining ekspressivligi emotivlar, ya’ni emotiv-indekslar, emotiv-obrazlar va emotiv-ramzlar misolida o‘rganilib, ularning marosim muhtashamligini shakllantirishdagi, ijtimoiy rollarni kodlashtirishdagi hamda sotsiomadaniy normalarni mustahkamlash yoki o‘zgartirishdagi o‘rni ochib beriladi. Badiiy asarlardan olingan misollar asosida to‘y birliklari neytral nomlovchi vositalar emas, balki kuchli emotsional-ekspressiv stilistik vosita ekanligi dalillanadi. Shuningdek, to‘y leksikasini faqat lug‘aviy ma’no darajasida o‘rganish uning estetik, emotsional va kontekstual qiymatini yo‘qotishga olib kelishi asoslanadi. Tahlil jadval va besh tildan olingan qiyosiy misollar bilan boyitilgan bo‘lib, to‘y diskursining ijtimoiy ongni shakllantirishdagi rolini ko‘rsatadi. Maqola natijalari qiyosiy tilshunoslik, stilistika, diskurs tahlili va tarjimashunoslik sohalarida, shuningdek, marosim matnlarini tarjima qilish amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Kalit so'zlar: to‘y leksikasi, stilistika, ekspressivlik, emotivlar, tarjima stilistikasi, madaniy-lingvistik birliklar, diskurs, qiyosiy tahlil