YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILIDAGI SOTSIOLINGVISTIK QIYINCHILIKLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYALARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ingliz tilida muloqot qilishda duch keladigan sotsiolingvistik qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish texnologiyalari tahlil qilinadi. Sotsiolingvistik kompetensiyaning kommunikativ kompetensiya tarkibidagi o‘rni D. Hymes, M. Canale va M. Swain hamda Yevropa umumiy kompetensiyalar tizimi (CEFR) qarashlari asosida yoritiladi. O‘quvchilar qiyinchiliklari muloqot vaziyatiga mos uslubni tanlash, xushmuomalalik vositalaridan foydalanish, iltimos, uzr so‘rash va rad etish kabi nutqiy aktlarni madaniy me’yorlarga muvofiq bajarish hamda madaniy jihatdan belgilangan leksik birliklarni tushunish yo‘nalishlarida guruhlanadi. Ularni bartaraf etishda rolli o‘yinlar, vaziyatli topshiriqlar, autentik materiallar asosida diskursni tahlil qilish va loyiha texnologiyasining metodik imkoniyatlari asoslanadi. Kalit so'zlar: sotsiolingvistik kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, nutqiy akt, xushmuomalalik, nutq uslubi, yuqori sinf o‘quvchilari, rolli o‘yin, vaziyatli topshiriq, autentik material.
