INGLIZ TILIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA JARAYONGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV: KONSEPTUAL ASOSLAR VA METODIK TAMOYILLAR
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilarida ingliz tilida yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda jarayonga yo‘naltirilgan yondashuvning nazariy asoslari va metodik tamoyillari tahlil qilinadi. Yozma nutqning kognitiv, lingvistik va kommunikativ xususiyatlari yoritilib, yozish faoliyatini faqat yakuniy matn sifatini baholash bilan cheklashning metodik jihatdan cheklangan tomonlari ko‘rib chiqiladi. Flower va Hayesning yozuv jarayoniga oid kognitiv modeli hamda ikkinchi tilda yozishni o‘rgatish bo‘yicha ilmiy qarashlar asosida rejalashtirish, dastlabki qoralama yaratish, qayta ko‘rib chiqish, tahrirlash va yakuniy matnni taqdim etish bosqichlarining o‘zaro aloqasi izohlanadi. Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va ta’lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda fikr-mulohaza, o‘zini o‘zi baholash va hamkorlikda yozishning metodik imkoniyatlari asoslanadi. Maqolada asoslangan metodik tamoyillar keyingi tajriba-sinov ishlari uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: yozma nutq, yozma nutq ko‘nikmalari, ingliz tili ta’limi, jarayonga yo‘naltirilgan yondashuv, kognitiv jarayon, rejalashtirish, qoralama, qayta ko‘rib chiqish, tahrirlash, yuqori sinf o‘quvchilari.
