RAQAMLI TA’LIM MUHITI VA UNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitining mazmun-mohiyati, tarkibiy komponentlari va zamonaviy oliy ta’lim tizimidagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish, interaktiv o‘qitish metodlaridan foydalanish hamda ta’lim natijalarini raqamli tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Xorijiy va rus tilidagi ilmiy tadqiqotlar asosida raqamli ta’lim muhitining didaktik, kommunikativ, motivatsion va nazorat-baholash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitining samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar va undan oliy ta’limda foydalanishni takomillashtirish yo‘nalishlari asoslangan. Kalit so'zlar: raqamli ta’lim muhiti, raqamli pedagogika, oliy ta’lim, mustaqil ta’lim, elektron ta’lim, raqamli kompetensiya, ta’lim analitikasi, individual ta’lim trayektoriyasi, interaktiv metodlar, bulutli texnologiyalar.
