KONVERGENT KOMPETENTLIK: TUSHUNCHANING MAZMUNI VA FANLARARO INTEGRATSIYADAGI O’RNI




KONVERGENT KOMPETENTLIK: TUSHUNCHANING MAZMUNI VA FANLARARO INTEGRATSIYADAGI O’RNI


Mualliflar:
Yusubjonova Gulchiroy Sarvarjon qizi


Annotatsiya Maqolada konvergent kompetentlik tushunchasining mazmuni va uning fanlararo integratsiya jarayonidagi o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilingan. Konvergent atamasining psixologiya va fan falsafasidagi ma’nolari farqlanib, uning pedagogik kontekstdagi talqini asoslab berilgan. Bundan tashqari, xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlili asosida konvergent kompetentlikning mualliflik ta’rifi taklif etilgan hamda uning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv komponentlari ajratilgan. Konvergent kompetentlik kasbiy-pedagogik, kommunikativ, axborot va metapredmet kompetentliklar bilan qiyoslanib, uning o‘ziga xos belgilari aniqlangan. Fanlararo integratsiyaning uch darajasi ajratilib, konvergent kompetentlik integratsiyaning eng yuqori darajasini amalga oshirishning kasbiy-pedagogik muhim omili ekanligi ko‘rsatilgan. Kalit so'zlar: kompetentlik, konvergent kompetentlik, konvergensiya, konvergent yondashuv, fanlararo integratsiya, bo‘lajak pedagog, integrativ sifat