“TAFAKKUR” VA “TEXNOLOGIK TAFAKKUR” TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MAZMUNI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada “tafakkur” va “texnologik tafakkur” tushunchalarining psixologik-pedagogik mazmuni nazariy jihatdan tahlil qilingan. Psixologiyadagi madaniy-tarixiy, faoliyatli va kognitiv yondashuvlar qiyosiy o‘rganilib, texnik va texnologik tafakkurning umumiy hamda farqli jihatlari aniqlangan. Texnologik tafakkurning obyekti texnik qurilma emas, balki materialni o‘zgartirishning yaxlit jarayoni ekanligi asoslangan. Tahlil natijasida texnologik tafakkurning mualliflik ta’rifi taklif etilgan. Uning besh komponentli tuzilmaviy modeli (motivatsion-qadriyatli, konstruktiv-texnik, fazoviy-grafik, algoritmik-loyihaviy, refleksiv-baholovchi) ishlab chiqilgan. Har bir komponent uchun 5-sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kuzatiladigan ko‘rsatkichlar belgilangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi — texnologik tafakkur mazmunining jarayonga yo‘naltirilgan talqini va uni diagnostika qilish uchun ko‘rsatkichlar tizimining ishlab chiqilganidir. Kalit so'zlar: tafakkur, texnik tafakkur, texnologik tafakkur, texnologik ta’lim, konstruktiv faoliyat, fazoviy tasavvur, algoritmik fikrlash, 5-sinf o‘quvchilari
