TARIXIY VOQELIKNI OBYEKTIV BAHOLASHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA METODLAR TIZIMI




TARIXIY VOQELIKNI OBYEKTIV BAHOLASHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA METODLAR TIZIMI


Mualliflar:
Rustamov Ramziddin Abdullayevich


Annotatsiya Maqolada o‘quvchilarda tarixiy voqelikni obyektiv baholash ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar va metodlar tizimi tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi — tarixiy voqelikni obyektiv baholashga xizmat qiluvchi texnologiyalar va metodlarni tizimlashtirish hamda ularning funksional bog‘liqligini asoslash. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy-pedagogik tahlil, tizimli yondashuv va didaktik modellashtirish metodlari qo‘llanildi. Natijada yetti pedagogik texnologiya (muammoli-izlanish, manbaviy-tahliliy, qiyosiy-interpretativ, tanqidiy fikrlash va xatoga asoslangan ta’lim, kommunikativ-munozarali, loyiha-tadqiqot hamda diagnostik-shakllantiruvchi baholash) hamda o‘n ikkita metod aniqlanib, ularning yagona metodik zanjirda funksional bog‘liqligi asoslandi. “Savol – Manba – Dalil – Sababiyat – Qiyos – Baho – Refleksiya” algoritmi metodlar tizimining o‘zagi sifatida taklif etildi. Metodlar tizimining asosiy sharti — ularning alohida emas, balki funksional birlikda qo‘llanishidir. Modelning samaradorligi empirik tadqiqotlarda tekshirilishi lozimligi qayd etilgan. Kalit so'zlar: tarixiy voqelik, obyektiv baholash, pedagogik texnologiya, metodlar tizimi, manba tahlili, dalillash, qiyoslash, refleksiya