BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPONENTLARI: TUSHUNCHA MAZMUNI, TARKIBI VA ADABIY ASAR BILAN BOG‘LIQLIGI




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPONENTLARI: TUSHUNCHA MAZMUNI, TARKIBI VA ADABIY ASAR BILAN BOG‘LIQLIGI


Mualliflar:
Obidova Shohsanam G‘anijon qizi


Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich ta’lim metodikasida sinonim sifatida qo‘llanib kelinayotgan “nutqiy kompetensiya” va “nutqiy komponent” tushunchalarining o‘zaro munosabati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Lingvistik, kommunikativ, metodik-darajaviy va kompetensiyaviy yondashuvlarning qiyosiy tahlili asosida nutqiy komponentlar tushunchasiga ta’rif berilgan va uning mavjud ta’riflardan farq qiluvchi to‘rt belgisi asoslangan. Fonetik, leksik, grammatik va diskursiv komponentlarning mazmuni hamda ularning badiiy matnni idrok etish, tushunish va qayta yaratish jarayoni bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Kalit so'zlar: nutqiy kompetensiya, nutqiy komponent, nutqiy komponentlar ta’rifi, diskursiv komponent, badiiy matn, boshlang‘ich ta’lim, psixolingvistik model.