1–4-SINF INGLIZ TILI DARSLIKLARIDA TALAFFUZ MASHQLARINING O‘RNI VA MAZMUNI




1–4-SINF INGLIZ TILI DARSLIKLARIDA TALAFFUZ MASHQLARINING O‘RNI VA MAZMUNI


Mualliflar:
Jo’rayeva Dilafruz Nuriddinovna


Annotatsiya Maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–4-sinflari uchun moslashtirilgan “Guess What!” ingliz tili darsliklarida talaffuzga xizmat qiluvchi mashqlarning o‘rni, mazmuni va sinflar bo‘yicha murakkablashuvi o‘rganildi. Tadqiqot materialini to‘rtta Student’s Book, jami 440 sahifa va 36 asosiy bo‘lim tashkil etdi. Kontent-tahlil, qiyosiy-pedagogik tahlil, topshiriq ko‘rsatmalarini kodlash va qo‘lda verifikatsiya qilish usullari yordamida ochiq fonetik rubrikalar, eshitish, takrorlash, ritmik aytim, qo‘shiq, savol-javob, dialog va o‘qib-tinglash topshiriqlari ajratildi. Natijalar 1-sinfda alohida harf-tovush bog‘lanishlari, 2-sinfda undosh juftliklar, 3-sinfda unli va undosh digraflar, 4-sinfda esa murakkab harf birikmalari hamda undosh klasterlari izchil berilganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, so‘z va gap urg‘usi, intonatsiya, ritm va pauza ko‘proq qo‘shiq, ritmik aytim hamda dialog tarkibida bilvosita shakllantirilishi, talaffuz diagnostikasi, o‘zini va juftini baholash vositalari esa yetarli darajada ochilmagani aniqlandi. Darslik topshiriqlarini maqsadli fonetik diagnostika, minimal juftliklar, audio taqqoslash va nutqiy vaziyatda qayta nazorat qilish bilan boyitish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, ingliz tili darsligi, talaffuz mashqi, kontent-tahlil, fonetik rubrika, tinglab farqlash, ritmik aytim, intonatsiya, diagnostika, o‘quv-metodik majmua.