KASBIY-INTERPRETATIV TAFAKKUR TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MOHIYATI VA TUZILISHI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada kasbiy-interpretativ tafakkur tushunchasining pedagogik-psixologik mohiyati, funksional vazifalari va tarkibiy tuzilishi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada ushbu tafakkur turini rivojlantirishning pedagogik shartlari: muammoli-kontekstli ta’lim, kasbiy keyslar, dialogik muloqot, refleksiv yozuv, superviziya va baholashning mezonli shakllari sifatida asoslanadi. Tadqiqot natijalari pedagogika oliy ta’limida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirish, amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalash va kasbiy qarorlar sifatini oshirish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kalit so'zlar: kasbiy tafakkur, interpretatsiya, kasbiy-interpretativ tafakkur, ma’no hosil qilish, refleksiya, pedagogik kompetentlik, kasbiy vaziyat, metakognitsiya, qaror qabul qilish.
