TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV METODLARNING O‘RNI




TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV METODLARNING O‘RNI


Mualliflar:
Uzaqova Ziyoda Farxod qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, SCAMPER, Design Thinking, STEAM-loyiha, Challenge-Based Learning hamda gamifikatsiya metodlarining o‘quvchilarda kreativ fikrlash, muammoni mustaqil hal qilish, yangi g‘oyalarni yaratish, loyihalash va amaliy mahsulot ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Texnologiya darslarini tayyor namunani takrorlashdan ijodiy izlanishga asoslangan faoliyatga aylantirishning metodik jihatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, interaktiv metodlarni dars jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: Texnologiya ta’limi, ijodkorlik kompetensiyasi, interaktiv metod, SCAMPER, Design Thinking, STEAM, Challenge-Based Learning, gamifikatsiya, kreativ fikrlash, loyiha.