RUS TILINI O‘RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH




RUS TILINI O‘RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH


Mualliflar:
Xabibullayeva Madinabonu Abdurashid qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada rus tilini o‘rganish jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirishning lingvodidaktik va metodik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tinglab tushunish nutq faoliyatining muhim turi sifatida o‘quvchining og‘zaki axborotni qabul qilishi, mazmunini anglab yetishi, asosiy va ikkilamchi ma’lumotlarni farqlashi hamda eshitilgan axborotga munosabat bildirishini ta’minlaydi. Tadqiqotda tinglab tushunish jarayonida uchraydigan fonetik, leksik, grammatik, psixologik va mazmuniy qiyinchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etishga xizmat qiluvchi mashqlar tizimi tahlil qilindi. Audiomatn bilan ishlashning tinglashdan oldingi, tinglash jarayonidagi va tinglashdan keyingi bosqichlarini izchil tashkil etish o‘quvchilarning eshitilgan nutqni tushunish darajasini oshirishga xizmat qilishi asoslandi. Shuningdek, autentik audio va videomateriallar, takroriy tinglash, tayanch so‘zlar, mazmunni bashorat qilish, savol-javob, qisqa qayta hikoya qilish kabi metodlarning amaliy ahamiyati yoritildi. Kalit so'zlar: rus tili, tinglab tushunish, nutq faoliyati, audiomatn, kommunikativ kompetensiya, autentik material, fonetik ko‘nikma, leksik kompetensiya, tinglash strategiyasi.