TEXNOLOGIK TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI




TEXNOLOGIK TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Mahmudov Ilxom Baxrom oʻgʻli


Annotatsiya Mazkur maqolada texnologik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchidan nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirish, balki mustaqil fikrlash, muammoni turli nuqtayi nazardan ko‘rib chiqish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, amaliy faoliyat jarayonida mustaqil yechim ishlab chiqish kabi kompetensiyalarni egallash talab etiladi. Texnologik ta’lim o‘zining amaliy yo‘nalganligi, loyihaviy faoliyat, modellashtirish, konstruktorlik va ijodiy topshiriqlar bilan bog‘liqligi sababli o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish uchun muhim pedagogik imkoniyatlarga ega. Maqolada muammoli ta’lim, loyiha metodi, kreativ topshiriqlar, dizayn faoliyati, guruhli ish, “aqliy hujum”, STEAM yondashuvi hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologik ta’limda ijodkorlikni rivojlantirishning metodik shartlari va samaradorlik mezonlari asoslab beriladi. Kalit so'zlar: texnologik ta’lim, ijodkorlik, kreativlik, ijodiy qobiliyat, innovatsion ta’lim, loyiha metodi, muammoli ta’lim, STEAM, amaliy faoliyat, mustaqil fikrlash, konstruktorlik, pedagogik metodika.