MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KOGNITIV MOSLASHUVCHANLIGINING NAZARIY VA PSIXOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirishning mazmuni, bosqichlari va pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Kognitiv moslashuvchanlik bolaning o‘zgaruvchan vaziyat va faoliyat sharoitlariga moslashishi, mavjud bilim va tajribasini yangi sharoitga ko‘chira olishi, faoliyat strategiyasini o‘zgartirishi hamda muqobil yechimlarni izlab topish qobiliyati sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirish jarayoni diagnostik-motivatsion, shakllantiruvchi-amaliy hamda mustahkamlovchi-refleksiv bosqichlar asosida tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Har bir bosqichning maqsadi, vazifalari, mazmuni va kutiladigan natijalari ochib beriladi. Shuningdek, kreativ-konstruktiv faoliyatning bolaning diqqatini boshqarish, ishchi xotirasini faollashtirish, kognitiv almashtirish, muammoli vaziyatlarni hal qilish, strategiyani o‘zgartirish va muqobil yechimlarni yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqot natijasida kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirishning tizimlilik, izchillik, individual yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilganlik va refleksivlik tamoyillariga asoslanishi zarurligi ko‘rsatib beriladi. Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, kognitiv moslashuvchanlik, kognitiv rivojlanish, rivojlantirish bosqichlari, diagnostik-motivatsion bosqich, shakllantiruvchi bosqich, refleksiya, kreativ-konstruktiv faoliyat, ijodiy fikrlash, muammoli vaziyat, kognitiv almashtirish
