TALABALARDA HARAKAT KOORDINATSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA YENGIL ATLETIKA MASHQLARINING AHAMIYATI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada talabalarda harakat koordinatsiyasini shakllantirish va takomillashtirishda yengil atletika mashqlarining pedagogik ahamiyati yoritiladi. Harakat koordinatsiyasi harakatlarni makon, vaqt va kuch jihatidan aniq boshqarish, tezkor vaziyatlarda harakat dasturini o‘zgartirish hamda muvozanatni saqlash qobiliyati sifatida qaraladi. Yengil atletikaning yugurish, sakrash, uloqtirish, tezlanish, to‘xtash va yo‘nalishni o‘zgartirishga oid mashqlari koordinatsion qobiliyatlarni kompleks rivojlantirish uchun qulay vosita ekanligi asoslanadi. Mashqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish, tezlik va masofani o‘zgartirish, ritmni almashtirish, turli start holatlaridan foydalanish hamda individual imkoniyatlarni hisobga olishning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, taqqoslash va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar yengil atletika mashqlarini maqsadli tanlash talabalarning muvozanat, reaksiya tezligi, fazoviy mo‘ljal olish, harakat aniqligi va ritmni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: harakat koordinatsiyasi, talaba, yengil atletika, yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat, chaqqonlik, jismoniy tarbiya, koordinatsion qobiliyat.
