JADID HIKOYALARI POETIKASINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY ADABIY-TAʼLIMIY YONDASHUVLAR
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada jadid hikoyalari poetikasini o‘qitishda zamonaviy adabiy-ta’limiy yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Unda jadid hikoyalarining poetik xususiyatlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ularni talaba-markazli va kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiy-kontekstual, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, taksonomik, texnologik va differensial yondashuvlarning jadid hikoyalari poetikasini o‘zlashtirishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, tarixiy-adabiy bilim, analitik hamda qadriyat-baholash kompetensiyalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Jadid hikoyalarini o‘qitishda “matndan metodga” tamoyiliga tayanish, badiiy matnning poetik xususiyatidan kelib chiqib metod va usullarni tanlash, talabaning mustaqil estetik idroki va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish zarurligi asoslangan. Kalit so'zlar: jadid adabiyoti, jadid hikoyalari, hikoya poetikasi, adabiy ta’lim, zamonaviy yondashuvlar, kompetensiyaviy yondashuv, tarixiy-kontekstual yondashuv, tanqidiy fikrlash, Blum taksonomiyasi, differensial yondashuv, adabiyot o‘qitish metodikasi, badiiy matn tahlili.
