5-SINF ADABIYOT DARSLARIDA XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada 5-sinf adabiyot darslarida o‘zbek bolalar adabiyotining yirik vakili Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodini o‘rgatishda grafik organayzerlardan foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritiladi. O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, matnni idrok etish jarayoni va adabiy-tahliliy kompetensiyalarini rivojlantirish ehtiyojidan kelib chiqib, klaster, vaqt chizig‘i, konseptual xarita, Venn diagrammasi, “Baliq skeleti”, voqealar zanjiri va qahramon xaritasi kabi vositalardan foydalanish yo‘llari tavsiflanadi. Maqolada darsning motivatsiya, yangi bilimni o‘zlashtirish, mustahkamlash va refleksiya bosqichlariga mos topshiriqlar, baholash mezonlari taklif etiladi. Kalit so'zlar: Xudoyberdi To‘xtaboyev, adabiyot ta’limi, 5-sinf, grafik organayzer, klaster, konseptual xarita, Venn diagrammasi, qahramon tahlili, o‘qish savodxonligi, ijodiy fikrlash.
