ONA TILI DARSLARIDA INTERAKTIV METODLAR VA KRITIK TAFAKKUR TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va adabiyot darslarida interaktiv metodlar hamda kritik tafakkurni rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning matnni tushunish, fikrini og‘zaki va yozma ravishda asoslab berish hamda axborotni tanqidiy baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda interaktiv yondashuvning ahamiyati asoslab beriladi. Tahlil natijalari tilni bilim sifatida emas, balki fikrlash va muloqot vositasi sifatida o‘rgatish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: ona tili, interaktiv metodlar, kritik tafakkur, maktab ta’limi, matn tahlili, kooperativ o‘qitish.
