BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI VA DIAGNOSTIKA VOSITALARI




BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI VA DIAGNOSTIKA VOSITALARI


Mualliflar:
G‘ayniddinov Shayxislom Tolibjon o‘g‘li


Annotatsiya Tadqiqot maqsadi — bo‘lajak o‘qituvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash pedagogik tizimining samarali amalga oshirilishini ta’minlovchi zarur va yetarli shart-sharoitlarni aniqlash hamda tizimning tashxis-natijaviy blokini ta’minlovchi diagnostika vositalarini ishlab chiqish. Tadqiqot metodlari: pedagogik shart-sharoitlar nazariyasiga oid adabiyotlar tahlili; ekspert baholash (24 nafar ekspert, 5 ballik shkala, reytinglash); ekspertlar fikri kelishuvini Kendall konkordatsiya koeffitsiyenti orqali baholash; diagnostika vositalarini mazmuniy validlik va ishonchlilik (Kronbax alfa) talablari asosida loyihalash. Tadqiqot natijalari: 12 ta dastlabki shart-sharoitdan (W = 0,71; p < 0,01) oltita zarur va yetarli shart-sharoit ajratildi — modulni o‘quv rejasiga kiritish va malaka talablarida aks ettirish; professor-o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash (36 soatlik kurs); real xalqaro ma’lumotlar va topshiriqlar banki; raqamli muhit va o‘quv-uslubiy ta’minot; refleksiv va hamkorlik muhiti; milliy-tadqiqot instituti va maktablar bilan hamkorlik. Har bir shart-sharoitning mazmuni, amalga oshirish mexanizmi va tekshirish ko‘rsatkichlari, shuningdek, kompetentlikning 16 ko‘rsatkichini o‘lchovchi diagnostika vositalari (test, amaliy va keys-topshiriqlar, anketa, refleksiv vositalar) hamda ularni 0–2 ball shkalasiga keltirish qoidalari yoritildi. Xulosalar: aniqlangan shart-sharoitlar o‘zaro bog‘liq tizimni tashkil etadi; ularning yetarliligi va diagnostika vositalarining ishonchliligi tajriba-sinov ishlarida tekshiriladi. Kalit so'zlar: pedagogik shart-sharoitlar, ekspert baholash, Kendall koeffitsiyenti, malaka oshirish, diagnostika vositalari, test, anketa, refleksiv so‘rovnoma, xalqaro baholash kompetentligi.