O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL, METOD VA VOSITALARI




O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL, METOD VA VOSITALARI


Mualliflar:
Boymirzayev Azizbek Karimjanovich


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik ahamiyati, samarali shakl, metod va vositalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Shuningdek, yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, milliy merosga hurmat, ma’naviy-axloqiy fazilatlar va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining imkoniyatlari yoritiladi. O‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, milliy urf-odatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy meros hamda interfaol pedagogik metodlardan foydalanishning tarbiyaviy samaradorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Milliy qadriyatlarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning ma’naviy kamolotini ta’minlash va ularda ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar asoslanadi. Kalit so'zlar: Milliy qadriyatlar, o‘quvchilar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy o‘zlikni anglash, pedagogik metodlar, tarbiya shakllari, tarbiya vositalari, xalq og‘zaki ijodi, milliy meros, vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar.