YOSH VOLEYBOLCHILARDA SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PLYOMETRIK MASHQLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur tadqiqot yosh voleybolchilarda sakrash chidamkorligini rivojlantirishda plyometrik mashqlardan foydalanish metodikasini ilmiy asoslash va uning samaradorligini aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 13–14 yoshli 30 nafar voleybolchi ishtirok etib, ular teng tarkibda tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida plyometrik, kuch-tezlik hamda takroriy sakrash mashqlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan maxsus mashg‘ulot metodikasi qo‘llanildi, nazorat guruhida esa an’anaviy mashg‘ulotlar davom ettirildi. Sakrash chidamkorligi joyidan takroriy sakrash, yugurib kelib takroriy sakrash, to‘siq orqali takroriy sakrash hamda hujum zarbasi chidamkorligi testlari orqali baholandi. Olingan natijalar matematik-statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot yakunida tajriba guruhida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 14–22 % oralig‘ida, nazorat guruhida esa 6–10 % oralig‘ida ijobiy o‘zgarishlar aniqlandi. Natijalar plyometrik mashqlardan tizimli va bosqichma-bosqich foydalanish yosh voleybolchilarda sakrash chidamkorligini rivojlantirishning samarali metodik vositasi ekanligini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: voleybol, yosh voleybolchilar, sakrash chidamkorligi, plyometrik mashqlar, kuch-tezlik tayyorgarligi, takroriy sakrash, mashg‘ulot metodikasi, pedagogik tajriba.
