HAMKORLIKKA ASOSLANGAN TA’LIMNING SAMARADORLIGI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI




HAMKORLIKKA ASOSLANGAN TA’LIMNING SAMARADORLIGI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI


Mualliflar:
Xolmirzayev Shavkat Abdulazizovich


Annotatsiya Ushbu maqolada hamkorlikka asoslangan ta’limning samaradorligi va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Hamkorlik pedagogikasining mohiyati, interaktiv, loyiha, muammoli, kooperativ va simulyatsiya metodlarining o‘quvchilar faolligi, mas’uliyati va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchining metodik mahorati, individual yondashuv hamda ota-onalar bilan hamkorlikning ta’lim samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Hamkorlikka asoslangan ta’limni joriy etishda uchraydigan metodik qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Kalit so'zlar: hamkorlik pedagogikasi, hamkorlikka asoslangan ta’lim, ta’lim samaradorligi, pedagogik imkoniyatlar, interaktiv metodlar, kooperativ ta’lim, loyiha metodi, o‘qituvchi mahorati, ota-onalar bilan hamkorlik, ta’limda innovatsiyalar.