ALGEBRAIK IFODALARNI SODDALASHTIRISHDAGI XATOLIKLARNI MATEMATIK SIMULYATSIYA ORQALI BARTARAF ETISHNING METODIK ASOSLARI (8-SINF MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 8-sinf o‘quvchilarining algebraik ifodalarni soddalashtirishda yo‘l qo‘yadigan xatolari va noto‘g‘ri tushunchalarini bartaraf etishda matematik simulyatsiyani qo‘llashning metodik asoslari yoritilgan. O‘quvchilarning algebraik amallarni bajarishdagi tipik xatolari ko‘pincha mavhum tushunchalarni vizual va amaliy idrok etish imkoniyati cheklanganligi bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan. Shu sababli, matematik simulyatsiya vositalarini darslarga tatbiq etish o‘quvchilarda algebraik ifodalar ustida amallarni bosqichma-bosqich, interaktiv tarzda kuzatish va anglash imkoniyatini yaratadi. Maqolada simulyatsiyaga asoslangan ta’lim metodikasining didaktik tamoyillari, dars jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari va o‘quvchilarning bilim sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida matematika o‘qituvchilari va o‘quvchilar uchun “MathSim 8-9” dasturini matematika darslarida samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: matematik simulyatsiya, algebraik ifodalar, soddalashtirish, metodik asoslar, 8-sinf, xatolar tahlili, ta’lim texnologiyalari, interaktiv o‘qitish.
