OILAVIY SHIFOKORLARNING BOSHQARUVCHANLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada oilaviy shifokorlarning boshqaruvchanlik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Mexanizm tushunchasi pedagogik jarayonning oʻzaro bogʻliq va ketma-ket ishlovchi tarkibiy qismlari sifatida talqin etilib, beshta oʻzaro bogʻliq mexanizm: motivatsion-qadriyatli, mazmuniy-integrativ, texnologik-faoliyatli, kommunikativ-hamkorlik (mentorlik) hamda refleksiv-baholash mexanizmlari asoslab berilgan. Har bir mexanizmning vazifasi, metod va vositalari, kutilayotgan natijalari koʻrsatilgan, ularning ishlashi uchun zarur pedagogik shartlar belgilangan. Natijalardan tibbiyot oliy taʼlimi va oilaviy shifokorlarni malaka oshirish tizimida foydalanish mumkin. Kalit so'zlar: pedagogik mexanizm, boshqaruvchanlik kompetensiyasi, oilaviy shifokor, mentorlik, keys-stadi, simulyatsiya, refleksiya, portfolio.
