SPORT TAYYORGARLIGI TIZIMIDA JON BOSHIGA MOLIYALASHTIRISH SHAROITIDA TRENERLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI




SPORT TAYYORGARLIGI TIZIMIDA JON BOSHIGA MOLIYALASHTIRISH SHAROITIDA TRENERLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Ismailova Dildora Qudratullayevna


Annotatsiya Sport tayyorgarligi tizimida jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini joriy etish moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, mashg‘ulotlar sifatini yaxshilash va trenerlar faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada jon boshiga moliyalashtirish sharoitida trenerlar faoliyatini tashkil etish, baholash va rag‘batlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Trenerlar faoliyati samaradorligini baholashda sportchilar soni, mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etishi, jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasi, musobaqalarda erishgan natijalari hamda individual rivojlanish ko‘rsatkichlarini hisobga olish zarurati ta’kidlanadi. Moliyaviy mablag‘larni taqsimlashda sport turi, sportchilarning yoshi, tayyorgarlik bosqichi va hududiy sharoitlarga mos tabaqalashtirilgan mezonlardan foydalanish muhimligi yoritiladi. Kalit so'zlar: sport tayyorgarligi tizimi, jon boshiga moliyalashtirish, trenerlar faoliyati, faoliyat samaradorligi, sportchilar tayyorgarligi, , moliyaviy resurslar, sport tashkilotlari, musobaqa natijalari.