BO‘LAJAK OILAVIY SHIFOKORLARNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI O‘RGANISH VA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada boʻlajak oilaviy shifokorlarning boshqaruvchanlik kompetensiyalarini oʻrganish va shakllantirishning nazariy asoslari yoritilgan. «Kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalarining rivojlanishi tahlil qilingan, birlamchi boʻgʻin shifokori boshqaruvchanlik kompetensiyasining mohiyati va tuzilmasi (kognitiv, funksional, shaxsiy, qadriyatli-motivatsion va refleksiv komponentlar) asoslangan. Kompetensiyani shakllantirishning metodologik yondashuvlari, tamoyillari, darajalari va bosqichlari koʻrsatilgan. Natijalardan oilaviy shifokorlarni tayyorlash dasturlarini loyihalashda foydalanish mumkin. Kalit so'zlar: boshqaruvchanlik kompetensiyasi, kompetensiyaviy yondashuv, oilaviy shifokor, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, kompetensiya tuzilmasi, shakllanganlik darajalari, tibbiyot taʼlimi.
