OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KREATIV AXBOROT TA’LIM MUHITINI LOYIHALASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI




OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KREATIV AXBOROT TA’LIM MUHITINI LOYIHALASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI


Mualliflar:
Aliboyev Sobir Xolboyevich


Annotatsiya Maqolada oliy ta’lim muassasalarida kreativ axborot ta’lim muhitini loyihalashning pedagogik shart-sharoitlari tadqiq etilgan. “Pedagogik omil”, “pedagogik shart-sharoit” va “pedagogik mexanizm” tushunchalari o‘rtasidagi farq aniqlashtirilgan. Shart-sharoitlarni tanlashning to‘rt mezoni zaruriylik, kompleks yetarlilik, boshqariluvchanlik va o‘lchanuvchanlik – asoslangan. Shu mezonlar asosida besh guruhdan iborat shart-sharoitlar majmui ishlab chiqilgan: tashkiliy-boshqaruv, didaktik, texnologik, subyektlar tayyorgarligi va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlar. Ularning ierarxik tuzilmasi, “shart-sharoit, mexanizm, natija” bog‘liqligi hamda bajarilish darajasini baholovchi integral indeks taklif etilgan. Natijalar kreativ muhitni joriy etishda ustuvorliklarni belgilash va uning sifatini monitoring qilish uchun metodologik asos bo‘ladi. Kalit so'zlar: kreativ axborot ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, pedagogik mexanizm, psixologik xavfsizlik, konstruktiv muvofiqlik, raqamli kompetensiya, oliy ta’lim.