UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA SIFATLI PEDAGOG KADRLARNI SARALASH JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH: “EDUMATCH AI” MODELI
Mualliflar:
Annotatsiya ushbu ilmiy maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassalarida pedagog kadrlarni ishga qabul qilish, dars yuklamasini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagi direktor qaroriga asoslangan amaldagi tartibning potensial korrupsiogen omillari ko‘rib chiqiladi. Amaliy yechim sifatida strategik va innovatsion - algoritmik baholashga asoslangan ochiq tanlov platformasi - edumatch ai modeli taklif qilinadi. Taklif etilayotgan modelda pedagoglarning bilim va malaka hujjatlari endi ishga kirayotganda mavjud tartibdagidek, direktorga emas, balki tegishli vazirlikning markazlashtirilgan yagona platformasiga joylashtiriladi. Vazirlik tomonidan hujjatlar haqiqiyligi tasdiqlangach, pedagog ishga qabul qilinadi hamda dars soatlari 3271-1 raqamli normativ hujjat mezonlari asosida algoritmik reytinglash yo‘li bilan muayyan fan kesimida taqsimlanadi. Natijada qaror qabul qilishda inson omili bilan bog‘liq subyektivlik kamayishi faraz qilinadi. Taklif etilayotgan yondashuv umumta’lim sohasidagi kadrlar siyosatini raqamlashtirishda keyingi tadqiqotlar uchun boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kalit so'zlar: edumatch ai, platforma, pedkengash, 3271-1 qarori, mmtv, my.gov.uz. Intensiv pedagog, ekstensiv pedagog.
