ZAMONAVIY RANGTASVIR KOMPOZITSIYASIDA RANG, RITM VA KONTRASTNING BADIIY IFODAVIY IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada zamonaviy rangtasvir kompozitsiyasining muhim tarkibiy unsurlari bo‘lgan rang, ritm va kontrastning badiiy-ifodaviy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rangtasvirda mazkur vositalarning har biri alohida estetik vazifani bajarishi bilan birga, ular o‘zaro uzviy munosabatga kirishgan holda asarning kompozitsion yaxlitligi, semantik mazmuni, emotsional ta’sir kuchi va vizual dinamikasini belgilashi asoslanadi. Zamonaviy san’at jarayonid.a rangning predmetning tashqi belgisini ifodalash vositasidan mustaqil plastik va semantik komponentga aylanishi, ritmning esa faqat takrorlanish emas, balki ko‘rish jarayonini boshqaruvchi dinamik tizim sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Shuningdek, kontrastning rang, yorug‘-to‘q, issiq-sovuq, katta-kichik, zich-bo‘sh, statik-dinamik va fakturaviy qarama-qarshilik shakllari kompozitsion markazni shakllantirish, fazoviy chuqurlikni kuchaytirish hamda tomoshabinning vizual idrokini faollashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada rang, ritm va kontrastning o‘zaro uyg‘unligi zamonaviy rangtasvirda badiiy obraz yaratishning muhim mexanizmi sifatida talqin etiladi. Kalit so'zlar: zamonaviy rangtasvir, kompozitsiya, rang, rang munosabatlari, ritm, kontrast, koloristik yechim, vizual idrok, badiiy obraz, kompozitsion muvozanat, plastik ifoda, rangtasvir estetikasi, fazoviy tashkil etish, badiiy yaxlitlik.
