NUTQ BUZILISHLARINI KORREKSIYALASH MUAMMOSINING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA LOGOPEDIK ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI




NUTQ BUZILISHLARINI KORREKSIYALASH MUAMMOSINING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA LOGOPEDIK ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI


Mualliflar:
Ahmadjonova Mahliyo Shuxrat qizi, Xasanova Mashxura Maxammadsidiqovna


Annotatsiya Maqolaning maqsadi nutq buzilishlarini korreksiyalash muammosining pedagogik, psixologik va logopedik adabiyotlarda o'rganilish holatini tizimli tahlil qilish, asosiy yondashuvlarni qiyosiy baholash va hal etilmagan masalalarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy-chog'ishtirma tahlil, tizimlashtirish va mazmuniy (kontent) tahlil metodlaridan foydalanildi; o'zbek, rus va ingliz tillaridagi ilmiy manbalar uch yo'nalish bo'yicha guruhlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, psixologik adabiyotlarda nutq faoliyat va tafakkur bilan bog'liq yuqori psixik funksiya sifatida talqin etiladi, pedagogik manbalarda korreksiya ta'lim va tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladi, logopedik tadqiqotlarda esa buzilishlarning tuzilishi, tasnifi va tizimli korreksiya bosqichlari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, raqamli, interaktiv va multimodal vositalarning korreksiyadagi o'rni, samaradorlikni o'lchash mezonlari hamda o'zbek tili xususiyatlarini hisobga olgan metodik ishlanmalar yetarli o'rganilmagani aniqlandi. Xulosa qilinadiki, muammoni uch fan yo'nalishi natijalarini birlashtiruvchi va zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan integrativ yondashuv asosida o'rganish maqsadga muvofiq. Kalit so'zlar: nutq buzilishlari, korreksiya, logopediya, korreksion pedagogika, nutq psixologiyasi, nutqning umumiy rivojlanmaganligi, fonetik-fonematik rivojlanmaganlik, integrativ yondashuv, adabiyotlar tahlili, interaktiv texnologiyalar.