RAQAMLI MEDIA MANTLARI ASOSIDA OʻQUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada raqamli media mantlari (video, podkast, ijtimoiy tarmoq, interaktiv platformalar, taʼlimiy bloglar) asosida oʻquvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi asoslab berilgan. Kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlari tahlil qilinib, ularni shakllantirishning uch bosqichli (qabul qilish – hamkorlikda faoliyat – mustaqil mediamahsulot yaratish) modeli taklif etiladi. Metodikaning mazmuni, vositalari va baholash mezonlari jadval koʻrinishida keltirilgan. Tadqiqot natijalari raqamli media muhitida kommunikativ faoliyatni maqsadli tashkil etish oʻquvchilarning nutqiy, ijtimoiy-madaniy va strategik koʻnikmalarini uygʻun rivojlantirishga xizmat qilishini koʻrsatadi. Kalit so'zlar: kommunikativ kompetensiya, raqamli media, mediasavodxonlik, interfaol metodlar, mediamahsulot, baholash mezonlari.
