INGLIZ TILINING RIVOJLANISHIDA O’ZLASHMA SO’ZLARNING O’RNI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada leksik o‘zlashuvlarning ingliz tilining tarixiy va zamonaviy rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli tillar bilan bo‘lgan aloqalar ingliz tili lug‘at tarkibini kengaytirgani, yangi semantik sohalarni shakllantirgani, uslubiy differensiallashuvni kuchaytirgani hamda so‘z yasash imkoniyatlarini boyitgani yoritiladi. Lotin, skandinav, fransuz, yunon, italyan, ispan, arab, hind va boshqa tillardan kirib kelgan birliklar tarixiy bosqichlar asosida ko’rib chiqiladi. O’zlashma birliklar ingliz tiliga shunchaki tayyor shaklda kirmasligi, balki uning fonologik, morfologik, semantik va orfografik tizimlariga moslashishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari leksik o’zlashuv ingliz tilining rang-barangligi, moslashuvchanligi va xalqaro aloqa tili sifatidagi rivojlanishini ta’minlagan asosiy mexanizmlardan biri ekanini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: leksik o‘zlashuv, o‘zlashma so‘zlar, ingliz tili, til kontakti, lug’at tarkibi, etimologiya, semantik o‘zgarish, globallashuv, so‘z yasalishi.
