BOSHLANG‘ICH TA’LIM TALABALARINING ILMIY-TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli ta’lim resurslari, elektron kutubxonalar, ilmiy ma’lumotlar bazalari, taqdimot va interaktiv platformalardan foydalanishning talabalarning ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, talabalarni ilmiy faoliyatga tayyorlash jarayonida axborotni izlash, saralash, tahlil qilish, qayta ishlash, tizimlashtirish va ilmiy natijalarni taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan mustaqil ta’lim, loyiha va tadqiqot topshiriqlarining bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni asoslangan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, talaba, ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasi, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim, ilmiy faoliyat, axborot kompetensiyasi, elektron resurslar, innovatsion yondashuv, mustaqil ta’lim.
