"INTERAKTIV GEO-MUHIT" METODOLOGIK PLATFORMASI – GEOGRAFIYA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan "Interaktiv Geo-muhit" metodologik platformasining nazariy-metodologik va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida geo-ta’lim tizimidagi mavjud muammolar, o‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli vositalarga bo‘lgan ehtiyojlari hamda GIS va multimedia texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Taklif etilayotgan platforma uchta asosiy (vizual-didaktik, interaktiv-amaliy, nazorat-tahliliy) blokdan iborat bo‘lib, u ta’lim jarayonida o‘quvchilarning makoniy tahlil, tadqiqotchilik hamda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov natijalari platformadan foydalanish visuzallashtirish darajasini 40% ga oshirishi hamda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada yuqorilatishini isbotladi. Kalit so'zlar: Interaktiv Geo-muhit, geografiya ta’limi, GIS-texnologiyalar, o‘yinlashtirish (gamification), raqamli trenajyorlar, illyustrativ elektron lug‘at, audio-darslar, makoniy tahlil, kompetensiya.
