ZAMONAVIY DRON TIZIMLARIDA KIBERHUJUMLAR TAHLILI VA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING INNOVATSION YECHIMLARI




ZAMONAVIY DRON TIZIMLARIDA KIBERHUJUMLAR TAHLILI VA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING INNOVATSION YECHIMLARI


Mualliflar:
Rivojiddinov Doniyor


Annotatsiya ushbu maqolada zamonaviy dron tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kiberxavfsizlik tahdidlari va kiberhujumlar tahlil qilingan. Dronlarning boshqaruv, aloqa va navigatsiya tizimlariga ta’sir qiluvchi DoS, Man-In-The-Middle, GPS spoofing, jamming va wormhole kabi hujumlarning xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, dron tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni himoyalash va kiberhujumlarning oldini olish bo‘yicha zamonaviy hamda innovatsion yondashuvlar yoritilgan. Maqolada dasturiy ta’minotni muntazam yangilash, VPN orqali ma’lumotlarni shifrlash, qurilmalar ulanishini cheklash va xavfsiz qaytish (RTH) funksiyasidan foydalanish kabi himoya choralarining ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so'zlar: dron, kiberxavfsizlik, kiberhujum, axborot xavfsizligi, DoS hujumi, Man-In-The-Middle, GPS spoofing, jamming, wormhole, dron kommunikatsiyasi, ma’lumotlarni himoyalash, innovatsion xavfsizlik.