KORPORATIV OLIY TA’LIM SHAROITIDA RAHBAR-KADRLARNING MALAKASINI OSHIRISH VA SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARI KONVERGENSIYASINING MOHIYATI VA TAMOYILLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada korporativ oliy ta’lim sharoitida rahbar-kadrlarning malakasini oshirish hamda soft-kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlari konvergensiyasining mohiyati va tamoyillari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda “konvergensiya” tushunchasining pedagogik talqini aniqlashtirilib, u ikki mustaqil kechayotgan jarayonning maqsad, mazmun, texnologiya va baholash darajalarida yaqinlashuvi hamda yagona o‘zini-o‘zi kuchaytiruvchi kasbiy rivojlanish jarayoniga aylanishi sifatida ta’riflandi. Korporativ universitet modeli konvergensiyaning institutsional asosi sifatida asoslab berildi. Kompetensiyaviy, andragogik, tizimli va tajribaviy o‘qitish yondashuvlari asosida konvergensiyaning beshta darajasi (maqsadli, mazmuniy, texnologik, tashkiliy-institutsional, baholash-natijaviy) hamda sakkizta tamoyili (maqsadlar birligi, mazmuniy integratsiya, kontekstuallik, andragogik sub’ektlilik, uzluksizlik, refleksivlik, korporativ madaniyat bilan uyg‘unlik, natijaviylik va monitoring) ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari korporativ oliy ta’lim muassasalarida rahbar-kadrlar malakasini oshirish dasturlarini loyihalash va ularning samaradorligini baholashda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: konvergensiya, korporativ oliy ta’lim, korporativ universitet, rahbar-kadrlar, malaka oshirish, soft-kompetensiya, andragogika, kompetensiyaviy yondashuv, tajribaviy o‘qitish, pedagogik tamoyillar.
