RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH SAVODXONLIGINI INDIVIDUAL TA’LIM TRAYEKTORIYALARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini individual ta’lim trayektoriyalari asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, matnni tushunish darajasi va ta’lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘quv topshiriqlarini tabaqalashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish orqali mustaqil o‘qish, matnni tahlil qilish, asosiy ma’lumotlarni ajratish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari asoslangan. Individual yondashuvning o‘quvchilarning o‘qish faoliyatini takomillashtirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so'zlar: raqamli ta’lim muhiti, boshlang‘ich ta’lim, o‘qish savodxonligi, individual ta’lim trayektoriyasi, o‘qib tushunish, raqamli resurslar, tabaqalashtirilgan ta’lim, matn tahlili.
