HARBIY KADRLARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIKANING ROLI VA O‘RNI
Mualliflar:
Annotatsiya bugungi kunda barcha sohalarda yangiliklarni va rivojlanishlarning omili bilim, izlanish, tajriba va amaliy ko‘nikmalar bo‘lib kelmoqda. Salmoqli natijalar ortida ta’lim va tarbiya turadi. So‘ngi vaqtlarda yurtimizda ta’limga berilayotgan e’tibor, yurtboshimiz boshchiliklarida yangi o‘zbekistonni barpo etishdagi harakatlarimiz boshida ta’lim-tarbiya va ma’naviyat turibdi. Tarixdan barchamizga ma’lumki, barcha sivilizastiyalarning debochasida ta’lim va tarbiya, ilm-fan va ma’naviyat turgan, bularga sharoit yaratilishi esa yangi kashfiyotlarga va taraqqiyotga sabab bo‘lgan. Barcha buyuk insonlar ortida ularga ta’lim va tarbiya bergan ustozlari turishadi, qaysi davlatda ta’lim beruvchilarga shart-sharoit yaratilsa ular e’zozlansa, o‘sha joydan kuchi bilimga ega bo‘lgan insonlar yetishib chiqqan. Hozirga zamonda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda o‘qituvchi pedagoglarning o‘rni beqiyos, raqamli axborotlar rivoji zamonaviy ta’limda yangi yo‘nalishlarni ochib bermoqda, ammo bu mahoratli pedagogga bo‘lgan ehtiyojni qoplab bera olmaydi, tinglovchining barcha qobiliyatini to‘liq ochilishiga o‘z kasbini ustasi bo‘lgan pedagoglar zaruriyati o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Yurtimizda pedagogik kadrlar tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda, bu yo‘nalishda yurtboshimiz tashabbuslari bilan katta islohotlar amalga oshirildi, barcha sohalardagi pedagoglarni tayyorgarligiga zamonaviy yondashuv vujudga keldi. Pedagoglarni tayyorlashdagi islohotlar harbiy sohani ham chetlab o‘tmadi, harbiylar tayyorgarligi alohida yondashuvni talab etadi. Kalit so'zlar: ta’lim va tarbiya, harbiy ta’lim, pedagogika, harbiy kadrlar, interfaol uslub, harbiy pedagogika, qurolli kuchlar, zamonaviy ta’lim, ta’lim jarayoni.
