VATANPARVARLIK FENOMENINING MAZMUN-MOHIYATI VA UNI YOSHLARDA RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI




VATANPARVARLIK FENOMENINING MAZMUN-MOHIYATI VA UNI YOSHLARDA RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI


Mualliflar:
Abdullayev Sherdil Raxmatullozoda


Annotatsiya Maqolada vatanparvarlik fenomenining mazmun-mohiyati ijtimoiy-falsafiy va axloqiy jihatdan tahlil qilingan. Vatanparvarlik, Vatanni sevish, Vatanga sadoqat, fidoyilik va Vatanga xiyonat tushunchalarining lug‘aviy va konseptual talqinlari qiyosiy o‘rganilib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari hamda dialektik aloqadorligi ochib berilgan. Vatanparvarlikning axloq falsafasidagi tamoyil va fazilat sifatidagi o‘rni, uning individual va ijtimoiy shakllari asoslangan. I.Kant, A.N.Radishchev, Abdulla Avloniy, Alisher Navoiy hamda o‘zbek tadqiqotchilari Q.Nazarov va E.Qalqanov qarashlari asosida vatanparvarlik fazilatining axloqiy mezonlari – intizomlilik, qat’iyatlilik va mardlik mazmuni izohlangan. Tadqiqotda tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil, analiz va sintez usullaridan foydalanilgan. Xulosada yoshlarda vatanparvarlikni rivojlantirishda ularning qarashlari, milliy va etnik xususiyatlarini inobatga oluvchi tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligi asoslangan. Kalit so'zlar: vatanparvarlik, vatanparvarlik fenomeni, Vatanni sevish, Vatanga sadoqat, fidoyilik, Vatanga xiyonat, axloqiy mezon, intizomlilik, qat’iyatlilik, mardlik, yoshlar.