MAXSUS BO‘LINMALAR TARKIBIGA KIRUVCHI BALANDLIK MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING AYRIM XUSUSIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalari tarkibiga kiruvchi balandlik mutaxassislarini tayyorlashning ayrim xususiyatlari yoritilgan. Shahar sharoitida, ayniqsa ko‘p qavatli bino va inshootlarda o‘tkaziladigan maxsus operatsiyalar eng murakkab va xavfli operatsiyalar qatoriga kirishi, ularni muvaffaqiyatli bajarish balandlik-ishg‘ol tayyorgarligi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab etishi asoslangan. Balandlik-ishg‘ol guruhining tarkibi, balandlik mutaxassisi va muhandislik bo‘linmasi xodimining vazifalari, ularni birgalikda tayyorlash zarurati hamda balandlikda ishlashda xavfsizlikni ta'minlash masalalari tahlil qilingan. Xulosada har bir maxsus operatsiya uchun alohida harakatlar taktikasini ishlab chiqish va shaxsiy tarkibni amaliy yo‘nalishda, guruh tarkibida yig‘inlar ko‘rinishida tayyorlash taklif etilgan. Kalit so'zlar: balandlik-ishg‘ol tayyorgarligi, maxsus operatsiya, balandlik mutaxassisi, maxsus tushish vositalari, alpinist anjomlari, maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘linma, ishg‘ol guruhi, muhandislik bo‘linmasi, xavfsizlik.
