ADABIYOT DARSLIKLARIDA HISSIY-EMOTSIONAL KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Adabiyot darsliklarida hissiy-emotsional kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy va milliy tajribalar tahlil qilinar ekan, o‘quvchilarning o‘z tuyg‘ularini anglash, boshqarish va empatiya ko‘nikmalarini shakllantirish uchun samarali model taklif etildi. Qiyosiy, tarkibiy-tahliliy va pedagogik modellashtirish usullari asosida, darsliklarda emotsional kompetensiyalarni chuqur rivojlantirish uchun mustaqil topshiriqlar, mumtoz adabiyotdan zamonaviy hayotga moslashtirilgan mashg‘ulotlar va baholash indikatorlari ishlab chiqish zarurligi asoslandi. Bu yondashuv o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy yetukligini kuchaytiradi. Kalit so'zlar: adabiyot darsligi, hissiy kompetensiya, emotsional tarbiya, qiyosiy tahlil, pedagogik modellashtirish, mumtoz adabiyot, empatiya, o‘quvchi rivoji.
