TINGLASH TURLARINING QIYOSIY TAHLILI VA TA’LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISH MASALALARI




TINGLASH TURLARINING QIYOSIY TAHLILI VA TA’LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISH MASALALARI


Mualliflar:
Ziyoda Sobirxonova Temurxon qizi


Annotatsiya Tinglash nutqiy faoliyatning eng koʻp qoʻllaniladigan, ammo taʼlimda kam oʻrganilgan turi boʻlib, uning turlari tasnifida tushunchaviy chalkashlik mavjud. Tadqiqotning maqsadi – ilmiy adabiyotlarda mavjud tinglash turlari tasniflarini qiyosiy tahlil qilish va maktab oʻquvchilarining tinglab tushunish koʻnikmasini rivojlantirishda qoʻllash mumkin boʻlgan asoslangan shaxsiy tasnif taklif etish. Tadqiqot metodlari: sakkizta manbadagi tasniflarni qiyosiy tahlil qilish va tur nomlarining takrorlanish chastotasini hisoblash. Natijalar: tanqidiy tinglash sakkizta manbaning oltitasida, hissiy-hamdardlik (empatik) tinglash beshtasida, estetik, ijodiy va axborot olish uchun tinglash esa toʻrttadan manbada uchraydi; tanlab tinglash, qayd olib tinglash, ishtirokli va ishtiroksiz tinglash kamroq takrorlanadi va mustaqil turdan koʻra strategiya xususiyatiga ega. Xulosalar: tinglashning beshta funksional turi taklif etildi; har bir tur adabiyotlardagi takrorlanishi bilan asoslandi va namunaviy topshiriq bilan koʻrsatildi. Taklif etilgan tasnif oʻqituvchiga dars maqsadiga mos tur va topshiriqni tanlash hamda tinglab tushunish bilan birga tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Kalit so'zlar: tinglash, tinglab tushunish, tinglash turlari, tasnif, tanqidiy, estetik, ijodiy, empatik, koʻnikma