5-6 YOSHLI BILINGVAL BOLALARDA KOMMUNIKATIV-NUTQIY KO‘NIKMALARNING TARKIBI, MEZONLARI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI




5-6 YOSHLI BILINGVAL BOLALARDA KOMMUNIKATIV-NUTQIY KO‘NIKMALARNING TARKIBI, MEZONLARI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI


Mualliflar:
Nosirova Gulira’no Muhammadolimovna


Annotatsiya Maqolada 5-6 yoshli bilingval bolalarda kommunikativ-nutqiy ko‘nikmalarning tarkibi, diagnostik mezonlari va rivojlanish xususiyatlari nazariy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Kommunikativ kompetensiya keng integral hodisa, kommunikativ-nutqiy ko‘nikmalar esa uning real muloqot vaziyatida kuzatiladigan amaliy ifodasi sifatida talqin etiladi. Retseptiv-semantik, leksik-grammatik-ekspressiv, dialogik-pragmatik, narrativ-diskursiv va strategik-bilingval komponentlardan iborat besh komponentli tuzilma taklif etilib, har bir komponent uchun kuzatiladigan indikatorlar va diagnostik topshiriqlar aniqlashtiriladi. Bilingval bolani baholashda til ekspozitsiyasi, tillarning funksional taqsimoti, suhbatdosh va kommunikativ vaziyat hisobga olinishi, kod almashtirish esa avtomatik ravishda kamchilik belgisi sifatida talqin qilinmasligi asoslanadi. Kalit so'zlar: bilingvizm, kommunikativ-nutqiy ko‘nikma, kommunikativ kompetensiya, retseptiv nutq, ekspressiv nutq, dialogik-pragmatik ko‘nikma, narrativ diskurs, kod almashtirish, til ekspozitsiyasi, diagnostika.