MINIATYURA KOMPOZITSIYASI ASOSIDA BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kreativ tafakkurini rivojlantirishda miniatyura kompozitsiyasidan pedagogik vosita sifatida foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Unda kreativ tafakkurning pedagogik mazmuni, miniatyura kompozitsiyasining ijodiy fikrlashni faollashtiruvchi xususiyatlari hamda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan asosiy didaktik tamoyillar yoritilgan. Miniatyura bilan ishlash jarayonida kuzatish, obrazli va assotsiativ fikrlash, kompozitsion yechim izlash, rang va shakl munosabatlarini tahlil qilish kabi faoliyatlarning kreativ tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik shartlar va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: kreativ tafakkur, miniatyura, miniatyura kompozitsiyasi, bo‘lajak o‘qituvchi, tasviriy san’at, didaktik tamoyillar, ijodiy faoliyat, kompozitsiya, obrazli tafakkur, milliy san’at, pedagogik texnologiya.
