O‘ZBEK XALQ ERTAKLARI ORQALI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash hamda ularning tayanch kompetensiyalarini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan, xususan, ertaklardan foydalanishning pedagogik va psixologik ahamiyati yoritilgan. Ertaklarning bolalar og‘zaki nutqini rivojlantirish, kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy va bilish kompetensiyalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ertakterapiya tushunchasi, uning bolalarning ruhiy-emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhit bilan munosabatini yaxshilash va ijtimoiy moslashuvini ta’minlashdagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada ertaklarni ifodali o‘qish, qayta hikoya qilish, rollarga bo‘lib o‘qish, sahnalashtirish va ijodiy topshiriqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqi, mustaqil fikrlashi, tasavvuri, muloqot madaniyati hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Ertak qahramonlarining xatti-harakatlari va muammoli vaziyatlarini tahlil qilish orqali bolalarda milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar, insonparvarlik, o‘zaro hurmat va hamkorlik kabi fazilatlarni shakllantirish mumkinligi asoslangan. Tadqiqot natijalari ertaklardan ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadli va interfaol foydalanish bolalarning kommunikativ hamda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali vositalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: xalq og‘zaki ijodi, ertak, ertakterapiya, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy kompetensiya, shaxsiy kompetensiya, bilish kompetensiyasi, og‘zaki nutq, qayta hikoya qilish, ifodali o‘qish, sahnalashtirish, rolli o‘yin, ijodiy fikrlash, milliy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, ijtimoiy moslashuv.
