BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARI PROFESSIONAL TAYYORGARLIGI MAZMUNIDA NAZARIY VA AMALIY INTEGRATSIYANI TA’MINLASH MASALALARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari professional tayyorgarligi mazmunida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish masalalari yoritilgan. Professional tayyorgarlikning texnik-texnologik, psixologik-pedagogik, metodik, raqamli va shaxsiy-kasbiy komponentlari ajratilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rtasidagi uzilishning sabablari aniqlangan, amaliy yondashuv asosida uni bartaraf etishning gorizontal, vertikal va tashqi integratsiya yo‘nalishlari hamda pedagogik shartlari asoslangan. Kalit so'zlar: texnologik ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, amaliy yondashuv, nazariy-amaliy integratsiya, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya.
