KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNING LINGVOKOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH




KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNING LINGVOKOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar:
Islomova Moxiraxon Inomjonovna


Annotatsiya Maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning lingvokommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Ushbu toifadagi o‘quvchilarda axborotni qabul qilishning vizual kanali cheklanganligi sababli til o‘rganish jarayonida eshitish, taktil va kinestetik idrokka tayanish zarurligi asoslangan. Tadqiqotda Braill yozuvi, ekran o‘qish dasturlari, audio materiallar, interfaol metodlar va universal dizayn tamoyillarini uyg‘unlashtirgan integrativ texnologik model taklif etilgan. Model motivatsion-maqsadli, mazmuniy, jarayonli va natijaviy-baholash komponentlaridan iborat. Maqola maxsus va inklyuziv ta’lim sharoitida til o‘qituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar, lingvokommunikativ kompetensiya, inklyuziv ta’lim, Braill yozuvi, ekran o‘qish dasturlari, audio texnologiyalar, universal dizayn, pedagogik texnologiya.