KO‘RISH QOBILIYATI BUZILGAN O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHNING ADAPTIV-DIFFERENSIAL TEXNOLOGIYASI




KO‘RISH QOBILIYATI BUZILGAN O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHNING ADAPTIV-DIFFERENSIAL TEXNOLOGIYASI


Mualliflar:
Mavlonova Shahzoda Turg‘unovna


Annotatsiya Mazkur maqolada ko‘rish qobiliyati buzilgan (past ko‘ruvchi va butunlay ko‘r) o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan adaptiv-differensial texnologiyaning nazariy-uslubiy asoslari va amaliy tashkiliy shakllari tahlil qilingan. Tadqiqotda diagnostika, differensiatsiya (mazmun, jarayon, mahsulot va o‘quv muhiti bo‘yicha), multisensor (eshitish–teri sezgisi–harakat) yondashuv, brayl yozuvi, taktil materiallar, ekrandan o‘qish dasturlari (JAWS, NVDA, VoiceOver) hamda audio-vizual texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tipologik tahlil va pedagogik kuzatuv metodlaridan foydalangan holda, adaptiv-differensial texnologiyaning to‘rt bosqichli tuzilishi (diagnostik, loyihalash, amaliy-tashkiliy, nazorat-baholash) ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi o‘quvchilarning lug‘at boyligi, talaffuzi va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga, shuningdek ularning ta’lim jarayonidagi mustaqilligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Maqola oxirida umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: adaptiv-differensial texnologiya, ko‘rish qobiliyati buzilgan o‘quvchilar, inklyuziv ta’lim, ingliz tili o‘qitish metodikasi, multisensor yondashuv, brayl yozuvi, assistiv texnologiyalar, individuallashtirilgan ta’lim.