KASBIY ETIKA VA PEDAGOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI




KASBIY ETIKA VA PEDAGOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI


Mualliflar:
Kazakov Shavkat Norqobilovich


Annotatsiya Mazkur maqolada kasbiy etika va pedagogik madaniyatni shakllantirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Unda bo‘lajak pedagoglarda insonparvarlik, xolislik, adolat, bag‘rikenglik, mas’uliyat va madaniy muloqot kabi axloqiy fazilatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Kasbiy etika va pedagogik madaniyatni shakllantirishda oliy pedagogik ta’lim mazmuni, ta’lim muhiti, fanlararo integratsiya hamda faol o‘qitish metodlarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, muammoli vaziyatlar, keys tahlil, debat, rolli o‘yinlar va axloqiy dilemmalarni yechish kabi metodlarning talabalarning axloqiy pozitsiyasi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijasida kasbiy etika va pedagogik madaniyatni shakllantirish ta’lim mazmuni, muhiti va metodlarining o‘zaro uyg‘unligi asosida amalga oshirilishi zarurligi asoslangan. Kalit so'zlar: kasbiy etika, pedagogik madaniyat, insonparvarlik, axloqiy kompetensiya, pedagogik ta’lim, xolislik, adolat, bag‘rikenglik, ta’lim muhiti, faol o‘qitish metodlari, fanlararo integratsiya, ma’naviy-axloqiy tarbiya.