TO‘QIMACHILIK SANOATI BO‘YICHA BO‘LAJAK MUHANDIS-PEDAGOGLARNING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MODELINI ASOSLASH




TO‘QIMACHILIK SANOATI BO‘YICHA BO‘LAJAK MUHANDIS-PEDAGOGLARNING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MODELINI ASOSLASH


Mualliflar:
Raxmonqulov Akmal Obloqul o‘g‘li


Annotatsiya Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida to‘qimachilik sanoati bo‘yicha bo‘lajak muhandis-pedagoglarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi kasb ta’limi o‘qituvchisidan texnologik jarayonlarni chuqur bilish bilan bir qatorda o‘quv materialini raqamli muhitda loyihalash, taqdim etish va natijalarni baholash ko‘nikmalari talab etilayotgani hamda bunday tayyorgarlikning ilmiy asoslangan metodik tizimi yetarlicha ishlab chiqilmaganligi bilan belgilanadi. Ilmiy-metodik manbalarni nazariy va qiyosiy tahlil qilish asosida “raqamli savodxonlik”, “raqamli kompetensiya” va “raqamli kompetentlik” tushunchalarining mazmuniy chegaralari aniqlangan hamda muhandis-pedagog uchun axborot-kommunikativ kompetentlikning muallifiy ta’rifi taklif etilgan. Raqamli kompetensiyaning to‘rt soha va to‘rt komponentdan iborat tarkibiy tuzilmasi, shuningdek, asosiy, foydalanish va raqamli transformatsiya bosqichlarini qamrab oluvchi rivojlanish ketma-ketligi asoslangan. Kalit so'zlar: raqamli kompetensiya, raqamli savodxonlik, raqamli kompetentlik, muhandis-pedagog, to‘qimachilik sanoati, kasb ta’limi, pedagogik modellashtirish, pedagogik shart-sharoitlar, baholash mezonlari, elektron ta’lim resurslari.